Hisobni o'chirish — bip (uz.bip.app)
Ilova orqali
- bip ilovasini oching va hisobingizga kiring.
- «Sozlamalar» bo'limiga o'ting.
- «Hisobni o'chirish» tugmasini bosing va tasdiqlang.
Hisob darhol o'chiriladi, kutish muddati yo'q.
Ilovasiz
Hisobingizga bog'langan telefon raqami yoki elektron pochtadan help@bip.uz ga yozing. Hisobni 30 kun ichida o'chiramiz.
Nima o'chadi
- telefon raqami, elektron pochta va ism;
- mashinalar, davlat raqamlari va stiker bog'lanishi;
- signallar va javoblar tarixi;
- push tokenlari va Telegram ulanishi.
Nima saqlanadi va qancha muddat
- shaxsni aniqlab bo'lmaydigan umumiy hisoblagichlar (nechta signal yuborilgani) — muddatsiz;
- jurnal yozuvlari va suiiste'molga qarshi izlar — 90 kungacha, keyin o'chadi;
- stiker uziladi: mashinaning yangi egasi uni o'ziga ulay oladi.